Mo‘g‘uliston Prezidentidan qutlovlar
01.02.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Mo‘g‘uliston Prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorjning davlatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik nomasi keldi.

Tsaxiagiyn Elbegdorj o‘z maktubida o‘tgan yillar mobaynida mamlakatlarimiz o‘rtasida xalqlarimiz manfaatlariga javob beradigan samimiy do‘stona munosabatlar o‘rnatilganini, ko‘plab sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatlar ochilayotganini qayd etdi.

Mo‘g‘uliston rahbari izchil muloqotlarning yanada faollashishi o‘zaro munosabatlarni yangi darajaga ko‘tarishga hamda mintaqada tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Tsaxiagiyn Elbegdorj O‘zbekiston Prezidentiga sihat-salomatlik va baxt-saodat, o‘zbek xalqiga esa ravnaq va farovonlik tiladi.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 22.05.2012
© 2008 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati