Hurmatli simpozium ishtirokchilari, xonimlar va janoblar! Siz aziz mehmonlarimizni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining YUNISEF, Taraqqiyot dasturi va Aholishunoslik jamg‘armasi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, dunyoning ko‘plab mamlakatlari sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, bugungi simpoziumning barcha ishtirokchilarini qutlash va o‘zimning chuqur ehtiromimni izhor etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Yaqinda barpo etilgan, milliy va zamonaviy arxitektura hamda shaharsozlikning eng yaxshi namunalarini o‘zida mujassam etgan, bugun xalqaro anjuman o‘tayotgan ushbu noyob kompleks ikki qismdan – Milliy kutubxona va Simpoziumlar saroyidan iborat. Mazkur muhtasham saroyda qabul qilgan ilk mehmonlarimiz siz, eng insonparvar va olijanob soha – onalik va bolalikni muhofaza qilishga bag‘ishlangan ushbu xalqaro forum ishtirokchilari ekaningizning o‘zi ko‘p jihatdan ramziy va tarixiy ahamiyatga egadir. |
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar! Bugun – barcha shahar va qishloqlarimizda, butun mamlakatimizda muborak ayyom, unutilmas tarixiy sana – O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganining yigirma yillik buyuk bayrami. |
Sizlarni qutlashga va Rossiya tomoniga, Rossiya Prezidenti Dmitriy Anatolevich Medvedevga samimiy qabul va an’anaviy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysizlar. Bugungi sammit kun tartibidagi asosiy masala – ODKB kollektiv xavfsizlik tizimini yanada takomillashtirishdir. Biz ODKB qarorlarining samaradorligi va ularning tezkorlik bilan qabul qilinishini ta’minlash, Tashkilotning mojaroli vaziyatlarga samarali munosabat bildirish imkoniyatlarini mustahkamlash borasidagi tashabbuslarni asosli hamda o‘z vaqtida ilgari surilgan, deb hisoblaymiz. |
O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur tashrifi Turkmaniston o‘zining yangi tarixidagi haqiqatan ham eng ulug‘ sana – Mustaqillik kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan kunlarga to‘g‘ri kelgani teran ramziy ma’noga ega, deb o‘ylayman. Menga Turkmaniston Prezidenti, rahbariyati va xalqini ushbu ulug‘ sana munosabati bilan samimiy tabriklash katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. |
Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar saqlanib qolayotgani, davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida ta’kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o‘limi, epidemiyalar va insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy to‘siqlar bo‘lib qolmoqda... |
2001 yilda tuzilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixan qisqa vaqtda zamonaviy geosiyosatning nufuzli xalqaro tuzilmasiga aylandi, deyish uchun bugun barcha asoslarimiz bor. |
Avvalambor, Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 43-yillik majlisi ishtirokchilarini, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarini va Toshkentga tashrif buyurgan barcha mehmonlarni chin dildan qutlashga ijozat bergaysiz. Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari orasida birinchi bo’lib ushbu muhim voqeani o’tkazishgaO’zbekiston poytaxti tanlangani biz uchun katta sharaf va mazkur qarorni qabul qilgan Osiyo taraqqiyot bankiga a’zo mamlakatlar hukumatlarigasamimiy minnatdorlik izhor etamiz. |
Prezident Islom Karimovning Toshkent shahrida barpo etilgan “Vatanga qasamyod” haykalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zi. |





Muhtarama Bosh direktor xonim,
Muhtaram prezident Kuroda!
RSS