“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq: 1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2012 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin. |
Ommaviy axborot vositalari, nashriyot, poligrafiya korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlarni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar va omillarni yaratish, buning asnosida ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini ta’minlash, axborot sohasini rivojlantirishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamiyat nazoratini o‘rnatishda ularning rolini oshirish maqsadida... |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 2011 yil 31 dekabr shanba dam olish kuni 2012 yil 2 yanvar dushanba kuniga ko‘chirilsin; 2011 yil 31 dekabr shanba kuni ish kuni deb e’lon qilinsin. |
Qayd etib o‘tilsinki, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish natijasida respublikada – birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatuvchi qishloq vrachlik punktlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlaridan boshlab, murakkab yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarigacha barcha darajalarni qamrab olgan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning yaxlit tashkiliy tuzilmasi yaratildi... |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash, fuqarolarning hamjihatligi va mehr-oqibatini mustahkamlash, yosh avlodning ruhiy va ma’naviy olamini boyitish, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada yuksaltirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram “Qurbon hayit”ni dam olish kuni deb e’lon qilish haqida” 1991 yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq: 1. 2011 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 noyabrga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, ushbu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitni dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida” 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq: 1. 2011 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 31 avgustga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, 2011 yil 31 avgust dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida: |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Xalqimiz uchun mehr-shafqat, saxovat va muruvvat, qanoat va shukronalik ramzi bo‘lgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat,o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, el-yurtimizga xos bo‘lgan ezgu fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida: 1. 2011 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 avgust kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. |
Yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish, ularning turmush darajasi va hayot sifatini oshirish, ularni ijtimoiy ta’minlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida... |
Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, ta’lim standartlarini takomillashtirish hisobiga ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish shakllarini joriy etish, o‘qituvchi kadrlar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida... |





RSS