O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mo‘g‘uliston Prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorjni ikki mamlakat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Mo‘g‘uliston Prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorjning davlatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik nomasi keldi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakni mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi. Islom Karimov o‘z tabrik maktubida O‘zbekiston Koreya Respublikasi timsolida jadal rivojlanayotgan, ulkan iqtisodiy, industrial-texnikaviy va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, mamlakatimizga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani tubdan isloh etish va chuqur modernizatsiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirishda qimmatli va zarur yordam ko‘rsatib kelayotgan zamonaviy davlatni ko‘rishini ta’kidladi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakdan davlatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan qutlov maktubi keldi. Li Myon Bak 1992 yil 29 yanvar kuni mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan vaqtdan buyon barcha yo‘nalishlar – siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik muttasil rivojlanib kelayotgani kuzatilayotganini qayd etdi. |
Janobi Oliylari! O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan samimiy qutlovlarim va ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz. |
Janobi Oliylari! Yaponiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan Sizni chin dildan muborakbod etishga ijozat bergaysiz. |
Hindiston xalqining milliy bayrami – Respublika kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga o‘zimning samimiy qutlovlarimni va eng ezgu tilaklarimni yo‘llashdan bag‘oyat mamnunman. |
Xonim Oliyalari! Hindistonning milliy bayrami – Respublika kuni munosabati bilan samimiy tabriklarim va eng ezgu istaklarimni qabul etgaysiz. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Avstraliya General-gubernatori Kventin Brays xonimga ushbu mamlakat milliy bayrami – Avstraliya kuni munosabati bilan qutlovlar yo‘lladi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Hurmatli majlis ishtirokchilari! Vazirlar Mahkamasining bugungi kengaytirilgan majlisining kun tartibi o‘tgan 2011-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini baholash va 2012-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish masalalariga bag‘ishlangan. 2011-yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirishning amaliy yakunlari tahliliga o‘tishdan oldin keyingi yillarda jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan o‘zgarishlar va avvalambor turli salbiy tendensiyalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishni o‘rinli deb bilaman. Shular haqida gapirganda, dunyodagi taniqli iqtisodchilar, nufuzli ekspert va mutaxassislarning baholari va chiqarayotgan xulosalari prinsipial jihatdan yagona bir fikrga kelmoqda. |





RSS