Yangiliklar
30.04.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 30 aprel kuni Oqsaroyda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Filipp Le Ueyruni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor sohalari bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar strategik ahamiyatga ega ekanini, O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lami izchil kengayib borayotganini ta’kidladi.

– OTBning Toshkentda o‘tadigan yillik majlisida Jahon banki vakillarining ishtirok etishi O‘zbekiston Respublikasi bilan Jahon banki o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajada rivojlanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi, – dedi Islom Karimov.

30.04.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 30 aprel kuni, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilar kengashining 43-yillik majlisi arafasida Oqsaroyda OTB prezidenti Xaruxiko Kurodani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, mamlakatimiz bilan ko‘p yillardan buyon yaqin hamkorlik qilib kelayotgan OTB haqli ravishda eng nufuzli va yetakchi xalqaro moliya muassasalaridan biri ekanini ta’kidladi. Bankning O‘zbekiston bilan izchil amalga oshirib kelayotgan hamkorlik strategiyasi buning tasdig‘idir.

– Osiyo taraqqiyot bankining navbatdagi majlisiga mezbon sifatida Toshkent tanlangani uchun Sizga minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz. Bunday nufuzli xalqaro anjumanning Toshkentda o‘tkazilishi mamlakatimiz uchun katta sharaf, ayni paytda tarixiy voqeadir. Osiyo taraqqiyot banki boshqaruvchilarining keyingi majlislarida umumiy qiymati 1 milliard 140 million AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan to‘rt yirik sarmoyaviy loyiha ma’qullandi.

23.04.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23 aprel kuni Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Men Szyanchjuni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlari siyosiy aloqalarni rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni, jumladan, SHHT doirasida yanada faollashtirish, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishdan iborat ekanini ta’kidladi.

Mehmon ta’kidlaganidek, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ko‘plab sohalarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda, ayniqsa O‘zbekiston Respublikasining SHHTga raisligi davrida, ushbu tashkilot faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

23.04.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23 aprel kuni Oqsaroyda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari, shuningdek, SHHT Bosh kotibi M.Imonaliyev va SHHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori J.Jumanbekovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari SHHT faoliyatining mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘p tomonlama kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish kabi yo‘nalishlaridagi hamjihatlik yuksak natijalar berayotganidan mamnuniyat izhor etib, ularni muvofiqlashtirishda ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov hozirgi davrda SHHTning nufuzi, faoliyatining ahamiyati oshib borayotgani haqida so‘z yuritar ekan, mintaqaviy va global xavfsizlik muammolarini hal etishda, xalqaro terrorizm, ayirmachilik, ekstremizm va narkotrafikka, shuningdek, strategik muhim mintaqa bo‘lgan Markaziy Osiyodagi boshqa tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda mazkur tashkilotning roli tobora kuchayib borayotganini qayd etdi.

21.04.2010

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevning taklifiga binoan 19-20 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo’ldi.

Tashrifning asosiy voqealari 20 aprel kuni Kremlda Islom Karimov va Dmitriy Medvedevning yakkama-yakka uchrashuvidan boshlandi. Muloqot chog’ida O’zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada rivojlantirish, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’sirini yumshatish va oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

O’zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, Rossiya tashqi siyosatida O’zbekiston bilan munosabatlar alohida o’rin tutadi. Mamlakatlarimiz o’rtasida 2004 yilda Strategik sheriklik to’g’risidagi shartnoma, 2005 yilda Ittifoqchilik munosabatlari to’g’risidagi shartnoma imzolangan. Bugungi hamkorlik ana shu hujjatlar asosida rivojlanmoqda. Buning tasdig’i sifatida oliy darajadagi muloqotlar muntazam tus olganini ta’kidlash joiz.

19.04.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevning taklifiga binoan 19 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi.

19.04.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevning taklifiga binoan 19 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi.

Islom Karimov va Dmitriy Medvedev O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

17.04.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Prezident Dmitriy Medvedevning taklifiga binoan 19-20 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi.

11.04.2010

Janobi oliylari,

Aviahalokat natijasida Polsha Respublikasi Prezidenti Lex Kachinskiy, uning rafiqasi va Polsha delegatsiyasi a’zolari fojiali halok bo‘lgani to‘g‘risidagi xabar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi...

06.04.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6 aprel kuni Oqsaroyda AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Devid Petreusni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi bugungi munosabatlar mustahkam va barqaror ekanini, ushbu munosabatlarni istiqbolda konstruktiv va tenglik asosida yanada rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligini ta’kidladi.

O‘zbekiston va AQSH Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda, bu mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashda hamkorlik qilib kelmoqda. Mamlakatimiz Afg‘onistonga elektr energiyasi, qurilish materiallari va oziq-ovqat ta’minotida amaliy yordam ko‘rsatmoqda, transport infratuzilmasini barpo etish va yo‘lga qo‘yishda ishtirok etmoqda.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 22.05.2012
© 2008 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati