Yangiliklar
18.04.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 67-yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida:

13.04.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘mon Sultoni Qobus bin Saidni ikki mamlakat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi.

03.04.2012

3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni mamlakatimiz Prezidenti, Milliy xavfsizlik kengashi Raisi Islom Karimov boshqardi.

29.03.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 mart kuni Oqsaroyda AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Jeyms Mettisni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida davlatimiz rahbari keyingi vaqtda O‘zbekiston va AQSH samarali siyosiy muloqot, iqtisodiyot va sarmoya, yangi tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash singari g‘oyat muhim yo‘nalishlar bo‘yicha har tomonlama hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirishga erishganini ta’kidladi.

Uchrashuvda mintaqadagi mavjud vaziyat, Afg‘oniston muammosini hal qilish, shuningdek, o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish va kengaytirish borasida tomonlarni qiziqtirgan masalalar, jumladan, harbiy va harbiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

22.03.2012

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Tabiat uyg‘onib, bahor nafasi tobora kuchayib, ona zaminimiz yashil libosga burkanib borayotgan shu yorug‘ va munavvar kunlarda siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xalqini yurtimizga kirib kelayotgan Navro‘zi olam – yangilanish va yasharish bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan baxtiyorman.

Navro‘z ayyomi barchamiz uchun sharqona yangi yil debochasi, serhosillik va qut-baraka g‘oyasini o‘zida mujassam etadigan, bizning milliy tabiatimiz va qadriyatlarimizdan ajratib bo‘lmaydigan, har qanday siyosatdan xoli, eng qadimiy, eng sevimli bayramimizdir.

22.03.2012

22 mart. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i bayramona bezatilgan.

Bu yerga hukumat a’zolari, deputatlar va senatorlar, fan, madaniyat, san’at, sport sohalari namoyandalari, ishlab chiqarish ilg‘orlari, tadbirkorlar, o‘quvchi va talaba yoshlar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurgan.

Soat 12.00. Maydonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kirib keladi.

Tadbir qatnashchilari davlatimiz rahbarini qarsaklar bilan kutib oladi.

Chorlov musiqasi yangraydi.

So‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga beriladi.

21.03.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevga ikki mamlakat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganiga 20 yil to‘lgani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘ladi.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 22.05.2012
© 2008 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati