Yangiliklar
06.02.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6-fevral kuni Oqsaroyda Ukraina tashqi ishlar vaziri Konstantin Grishchenkoni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, ushbu uchrashuv O‘zbekiston-Ukraina hamkorligiga oid keng ko‘lamli masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Ukraina siyosiy, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlik borasida ulkan tajriba to‘plagan. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadigan salmoqli shartnomaviy-huquqiy asosga ega.

03.02.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yangi Zelandiya General-gubernatori va Bosh qo‘mondoni Jerri Materapayeni ushbu mamlakat milliy bayrami – Vaytangi kuni munosabati bilan muborakbod etdi.

02.02.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Mahinda Rajapakseni ushbu mamlakatning milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan muborakbod etdi.

01.02.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mo‘g‘uliston Prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorjni ikki mamlakat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi.

01.02.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Mo‘g‘uliston Prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorjning davlatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik nomasi keldi.

27.01.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakni mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi.

Islom Karimov o‘z tabrik maktubida O‘zbekiston Koreya Respublikasi timsolida jadal rivojlanayotgan, ulkan iqtisodiy, industrial-texnikaviy va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, mamlakatimizga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani tubdan isloh etish va chuqur modernizatsiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirishda qimmatli va zarur yordam ko‘rsatib kelayotgan zamonaviy davlatni ko‘rishini ta’kidladi.

27.01.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakdan davlatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan qutlov maktubi keldi.

Li Myon Bak 1992 yil 29 yanvar kuni mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan vaqtdan buyon barcha yo‘nalishlar – siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik muttasil rivojlanib kelayotgani kuzatilayotganini qayd etdi.

25.01.2012

Janobi Oliylari!

O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan samimiy qutlovlarim va ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 09.02.2012
© 2008 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati