Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekistonda Yozef Blatterni o‘z hayotini jahon va milliy futbolni rivojlantirishga bag‘ishlagan taniqli jamoat arbobi sifatida bilishlarini ta’kidladi. Bu – FIFA rahbarining O‘zbekistonga uchinchi tashrifi. Mazkur tashrif o‘zbek futbolining 100-yilligi nishonlanayotgan kunlarga to‘g‘ri keldi. Uchrashuvda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish istiqbollari, mamlakatimizning ushbu nufuzli xalqaro tuzilma bilan samarali hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. “Gol”, “Gol-2” va “Gol-3” loyihalarining amalga oshirilgani shunday hamkorlikning natijalaridandir. Ushbu loyihalarga muvofiq Toshkent shahrida sun’iy qoplamali futbol maydoni va mamlakatimiz o‘smirlar terma jamoalarining o‘quv-mashq bazasi qurildi, Samarqand shahrida esa mini-futbol uchun yopiq manej barpo etilmoqda. O‘zbekiston bolalar-o‘smirlar futbolini, referi va murabbiylarning milliy maktabini rivojlantirish borasida ham FIFA bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. |





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 16-may kuni Oqsaroyda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Yozef Blatterni qabul qildi.
RSS